Transport vaziri Ilhom Mahkamov Toshkentga yana 1000 ta avtobus kelishini aytgandi. Poytaxt transport boshqarmasi boshlig‘i shaharda avtobuslarga bo‘lgan ehtiyoj, yangi mashinalar qaysi yo‘nalishlarga berilishi va ularning kelishiga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini tushuntirib berdi.
Toshkent shahridagi harakat tarkibida hozir 1847 ta avtobus bor, ularning 1557 tasi kunlik yo‘nalishga chiqariladi. “Toshshahartransxizmat” rahbari o‘rinbosarining aytishicha, shahar maydoni, aholi, har yuz ming kishiga taqsimlangan avtobus sonidan kelib chiqib, poytaxtga 3000 ta avtobus yetarli bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting